Fransiyada plastik qadoqlarga taqiq

Fransiyada ko'p turdagi meva va sabzavotlarni plastik qadoqlashni taqiqlovchi yangi qonun jotiy etildi.

Hukumat ushbu qonun mamlakatda har yili 1milliard bir martalik plastikni yo'q qilishiga umid qilmoqda.

Yangi yil kunidan buyon bodiring, limon va apelsin plastik o’ramga o’ralishi taqiqlangan oziq-ovqat ro’yxatidan o’rin olgan. Kattaroq paketlar, shuningdek, to’g'ralgan yoki qayta ishlangan mevalar bundan mustasno.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ushu taqiqni “Haqiqiy revolutsiya” deb atadi hamda bu mamlakatning 2040 - yilgacha bir martalik plastmassalardan voz kechish majburiyatini taqozo etishini aytdi.