Fransiyada suv isteʼmoli cheklandi

Fransiyaning 96 ta departamentdan 93 tasida issiqlik va qurg‘oqchilik tufayli suv isteʼmoliga cheklovlar joriy etildi. Ularning 46 tasida vaziyat o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Cheklovlar qatorida bog‘larni maʼlum soatlarda sug‘orishni taqiqlash, qator isteʼmolchilarga, jumladan, qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv taʼminotini to‘xtatish kiradi. Ammo bu shifoxonalar va o‘t o‘chirish bo‘limlariga tegishli emas.
Meteo-Franсe maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyida rekord darajada qurg‘oqchilik hukm surmoqda. So‘ngi bor bu kabi holat 1959-yilda kuzatilgan. Oy boshidan buyon mamlakatda yog‘ingarchilik bo‘lmagan.






