Fransiyaning Strasburg shahri 2024-yilning «Jahon kitob poytaxti» deya e'lon qilindi

UNESCO Bosh direktori Odri Azule Butunjahon kitob kapitali bo‘yicha maslahat qo‘mitasining baholash natijalariga ko‘ra Strasburgni (Fransiya) 2024-yil uchun "Jahon kitob poytaxti" etib belgiladi.

Ma'lumot uchun, UNESCO har yili jahon kitob poytaxtini belgilaydi. 2001-yildan hisoblaganda Strasburg bu nomga munosib ko'rilgan 24-shahar hisoblanadi (Madrid (2001), Aleksandriya (2002), Nyu-Dehli (2003), Antverpen (2004), Monreal (2005), Turin (2006), Bogota (2007), Amsterdam (2008), Bayrut (2009), Lyublyana (2010), Buenos-Ayres (2011), Erevan (2012), Bangkok (2013), Port-Xarkort (2014), Incheon (2015), Vrotslav (2016), Konakri ( 2017), Afina (2018), Sharja (2019), Kuala-Lumpur (2020), Tbilisi (2021), Gvadalaxara (2022) va Akkra (2023).

UNESCOning Butunjahon kitob poytaxti maslahat qoʻmitasi tarkibiga Yevropa va Xalqaro kitob sotuvchilari federatsiyasi (EIBF), Xalqaro mualliflar forumi (IAF), Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasi federatsiyasi (IFLA), Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi (IPA) va UNESCO vakillari kiradi.