Toshkent aeroporti terminallari o‘rtasida bepul shattl-bas qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Toshkent aeroportining ichki va xalqaro aviakompaniyalari terminallari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 ga qadar ishlaydi.
Terminallararo transport har soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviaqatnovlar terminalida avtobus jo‘nab ketish zali yonidagi to‘xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.
P.S. Ushbu transport xizmatlaridan butunlay bepul foydalanish mumkin.






