Fun and Tasty - McDonald'sning Rossiyadagi yangi nomi

McDonald's kompaniyasi o'zining Rossiyadagi fast-food restoranlariga yangi nomlar ro’yxatini e’lon qildi. Ular orasidan 'Fun and Tasty' va "The Same One" variantlari o'rin olgan. Kompaniya bu haqida juma kuni (27-may) kuni ma’lumot berdi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan brend nom Rossiyaning Rospatent agentligida ro'yxatdan o'tdi. Tovar brendlari orasida “Just Like That" and "Open Checkout" kabi nomlar ham mavjud.

McDonald'sning Rossiyada 850 ga yaqin restorani bor. Bu restoranlar mahalliy litsenziya egasi Aleksandr Govorga sotilmoqda. Govor mamlakat bo’ylab 25 ta restoran ishini boshqaradi. Aynan u McDonald’sni Rossiyada yangi nom ostida boshqaradi.