Erdogan: Biz hech qachon fuqarolarimizni ogir kunlarida yolgʼiz qoldirmaymiz

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’anning ma’lum qilishicha, zilzila hududidagi jami 1 million 684 ming fuqaroning uy-joyga boʼlgan ehtiyoji qondirildi.

Qayd etilishicha, hozirda oʼrnatilishda davom etayotgan aholi yashashi uchun konteynerlar soni birinchi bosqichda 100 mingtaga, keyinchalik esa 200 mingtaga yetkaziladi.

“Oʼrtacha shikastlangan 24 mingdan ortiq binodagi 133 mingdan ortiq xonadon vakillarini vaqtinchalik boshpana markazlari yoki xavfsiz joylarga oʼtkazishni taʼminladik”,- deydi Erdoʼgʼan.

Shuningdek, qayd etilishicha, atrof-muhit va shaharsozlik vazirligining 7 328 nafar xodimi zararni aniqlash ishlarini yakunlash arafasida.

“Biz barcha turar-joy maydonlarini yangi shahar rejasi doirasida yerning sifati va yoriq chizigʼigacha boʼlgan masofani hisobga olgan holda oʼz meʼmorchiligi, tarixiy va madaniy tuzilishiga muvofiq loyihalashtiramiz. Biz tiklanish jarayonini tuzilmalarimizning ilmiyligi, tezligi va mustahkamligi tamoyillari asosida olib boramiz. Zararni aniqlash, vayronalarni tozalash va joylashuvni aniqlash jarayonlari tugallangandan soʼng, har bir viloyatda bu uylar soni ortadi”,- deya qo’shimcha qilgan Turkiya yetakchisi.

Taʼkidlanishicha, 373 156 nafar fuqaro zilzila hududidan boshqa shaharlarga evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, “Biz barcha shaharlarimizdagi uylar, ish joylari, sanoati, qishloq xoʼjaligini zarracha regressiyaga olib kelmasdan tiklaymiz. Biz hech qachon fuqarolarimizni ogʼir kunlarida va hayotlarini yangidan tiklashdagi urinishlarida yolgʼiz qoldirmaymiz”, degan Prezident Erdoʼgʼan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshgan.