Fuqarolarni xorijga ishga jo’natish uchun pul undirilmaydi

Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni xorijga ishga jo'natish uchun haq undirishi taqiqlanadi.

Bunda ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlarga haq to'lash ish beruvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xususiy bandlik agentliklarining ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari uchun esa BHMning 1 baravari (300 ming so'm)dan ko'p bo'lmagan miqdorda haq undirilishi mumkin.