Fuqarolikni olish bo'yicha O'zbekiston qonunchiligiga o'zgarishlar kiritildi

Avval yozganimizdek, O'zbekiston fuqaroligini olish shartlari soddalashtirildi.

Eslatib o'tamiz, quyidagi shaxslar O'zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin:

• chet davlat fuqarosi bo'lmagan, 2005 yil 1 yanvargacha O'zbekistonda doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek respublikada kamida 15 yil doimiy yashagan shaxslar;
• ota-onalaridan biri O'zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O'zbekistonda yashab kelayotgan bola.

O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlarga muvofiq, bundan buyon O‘zbekistonda tug‘ilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni olish uchun O‘zbekistonda 5 yil uzluksiz yashash talab qilinmaydi.