Furqat Sanaev: «O'zbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda»

O'zbekistonda epidemiologik vaziyat tufayli barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to'xtatildi, dedi Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi.
"Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bo‘lishidan qat’iy nazar, yurtimizda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi", dedi Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanaev.
Shuni ta'kidlash kerakki, sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berildi.






