Furqat Sidikov AQSH elchisi bilan uchrashdi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Amerika Qo'shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ko'p qirrali O'zbekiston-Amerika strategik sherikligining ayrim masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanishicha, iqtisodiy diplomatiyani, shu jumladan "B2G" shaklida jadallashtirish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek Jonatan Devid Xenik Amerika tomonining O'zbekistonga islohotlar dasturini amalga oshirishda, shu jumladan USAID doirasida yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.






