Futbol boʻyicha amputantlar milliy jamoasi taqdirlandi

3 dekabr - xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni futbol bo‘yicha amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy jamoasi a'zolari qo‘shimcha rag‘batlantirildi. Jamoa vakillari Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.