Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAFA turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

CAFA Womenʼs Championship-2022 musobaqasi 12 kun davom etdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan musobaqa chempioniga aylandi.

O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta o‘yinda birorta ham gol o‘tkazib yubormagan holda 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Musobaqada Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston kabi davlatlar ishtirok etdi.

O'yin natijalari esa quyidagicha:

O‘zbekiston 6:0 Tojikiston
O‘zbekiston 6:0 Turkmaniston
O‘zbekiston 7:0 Qirg‘iziston
O‘zbekiston 1:0 Eron.