Futbol tarixidagi eng yaxshi to'purar Krishtianu Ronaldu deb topildi

Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to'purar deb topildi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to'purar sifatida Globe Soccer mukofotiga sazovor bo'ldi.

Taqdirlash marosimi 27 dekabr, dushanba kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi. Ma'lumot uchun, Ronaldu faoliyati davomida «Manchester Yunayted»dan tashqari «Sporting», «Real Madrid» va «Yuventus» klublarida ham o'ynagan. Umuman olganda, klublar miqyosida futbolchi 913 o'yinda 687 ta gol urgan. Portugaliya terma jamoasi safida 184 o‘yin o‘tkazib, 115 ta gol urgan.

Shuningdek, marosimda Fransiya terma jamoasi va parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe yilning eng yaxshi futbolchisi, o'z mamlakati terma jamoasini boshqarayotgan italiyalik Roberto Manchini esa eng yaxshi murabbiy deb topildi.