Futzalchilarimiz yirik hisobda g’alaba qozondi

Shu kunlarda futzal bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xorvatiyada o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari kecha Chernogoriya davlati futzalchilari bilan kuch sinashdi va yirik – 8:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Chernogoriya – O‘zbekiston – 1:8

Gollar: Efovich Ariyan (30) – Ilhom Hamroyev (4, 21, 22), Davron Choriyev (9, 15), Sunnatulla Jo‘rayev (12), Ixtiyor Ropiyev (23), Husniddin Nishonov (33).