«G20»sammiti oʼz ishini boshladi

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo “G20” sammiti ishini ochib berdi. Shuningdek, qayd etilishicha, birinchi ish kuni ishtirokchi-mamlakatlar yetakchilari oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, shuningdek, global sogʼliqni saqlash arxitekturasi masalalarini muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, “TАSS” agentligi xabariga ko’ra, Indoneziya rasmiylari oliy martabali mehmonlarni Kalimantan orolining sharqiy qismida Jakartadan koʼchirilishi rejalangan yangi poytaxt loyihasi bilan tanishtiradilar.
Sammitning ikkinchi ishi kuni Denpasardagi Ngurax-Ray bogʼida mangrov daraxtlarini ekish bilan boshlanadi. Аnjuman qatnashchilari shundan keyin raqamli transformatsiya boʼyicha ishchi sessiyasini oʼtkazishadi.
Qayd etilishicha, “Katta yigirmalik” deklaratsiya qabul qilish bilan yakunlanadi.
P.S. Navbatdagi “G20”ning raisligi Hindistonga oʼtadi.






