Gaz quyish shoxobchalaridagi oʼgʼirliklarga barham berilishi shart!

Yig’ilish davomida, avtomobilga gaz quyish shoxobchalarida davom etayotgan oʼgʼirliklarga barham berish shartligi taʼkidlandi.
Qayd etilishicha, oʼtgan haftada birgina Vobkent tumani va Buxoro shahridagi 3 ta shoxobchada 26 million kubmetr (26 milliard soʼmlik) gazdan yashirincha foydalanish holatlari aniqlangan. Ushbu gaz hajmi bilan 44 ming xonadonni yoki bitta katta tuman aholisini 1 oy gaz bilan taʼminlash mumkin edi.
Bosh prokurorning birinchi oʼrinbosari Valiyevga shu masalada tartib oʼrnatish topshirildi.
Umuman, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini oʼrganish va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda, qatʼiy javobgarlikka tortish topshirildi.
Yigʼilish yakunida tegishli mutasaddilar va hududlar hokimlari hisobot berdi.






