Germaniya Federal turizm assotsiatsiya delegatsiyasi O‘zbekistonda

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Germaniyaning eng yirik Federal turizm assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fibig boshchiligidagi nemis sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona biznesi va ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga keldi.
Germaniya turizm sohasi vakillari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sayyohlik yo‘nalishlarida bo‘lib, mamlakatimiz qishki va tog‘ turizmi salohiyati, “Amirsoy Mountain Resort” tog‘-chang‘i kurorti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, mehmonlar uchun mamlakatimizning tarixiy maskanlari sanalgan Samarqand va Xiva bo’ylab sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Turizm vazirligida ham muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, unda turli PR tadbirlar va Road Show tashkil etish, shuningdek, nemis nashrlarida mamlakatimizga oid maqolalar chop etish orqali Germaniyada Oʻzbekistonning sayyohlik brendini ommalashtirish boʻyicha nemis tomoni bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.






