Germaniya taraqqiyot banki O‘zbekistonga 26,8 mln yevro miqdorida kredit ajratadi

Germaniya taraqqiyot banki (KfW) "kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash" loyihasi doirasida O‘zbekistonga 26,8 mln yevro miqdorida kredit ajratadi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar yakunlari va istiqbollari" xalqaro iqtisodiy forum doirasida tegishli shartnoma imzolandi.
Moliya vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, kredit 2 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil davomida 10% miqdorida beriladi.
Kredit mablag‘lari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida barcha tadbirkorlarga kamida 3 yil va 400 ming yevrodan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.






