Germaniyaning harbiy budjeti 2 milliard yevroga oshiriladi

Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner hukumatning mamlakat harbiy budjetini Ukrainaga yordam berish uchun 2 milliard yevroga oshirish rejalarini tasdiqladi.

Bu haqda siyosatchi juma kuni oʼzining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida eʼlon qildi.

"OАVdagi xabarlar haqiqat: qoʼshimcha budjetda harbiy kuchlarni mustahkamlash uchun yordam tariqasidagi mablagʼlar 2 milliard yevroga koʼpaytirildi. Mablagʼlarning katta qismi Ukraina foydasiga yoʼnaltiriladi. Kantsler (Olaf Sholts) buni anchadan beri talab qilmoqda", deya post qoldirgan Lindner.

Аvvalroq, Reuters agentligi Germaniya hukumatidagi manbasiga tayanib, Sholts asosan Ukrainaga yordam koʼrsatish uchun mamlakat harbiy budjetini 2 milliard yevroga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Kantsler yangi harbiy texnikaga, asosan, Kiyevga yordam berish uchun qoʼshimcha 2 milliard yevro sarflash niyatida.