Germaniyaning Shtutgart shaxrida O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining vakolatxonasi ochiladi

5 noyabr kuni To‘qimachilik texnoparkida Gesamtmasche-Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan muhim kelishuv imzolandi.
Ushbu vakolatxonaning ochilishi O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari va brendlarini Yevropa bozorlarida o‘z o‘rnini egallashga ulkan turtki bo‘ladi. Vakolatxona bevosita Gesamtmasche konfederatsiyasi binosida joylashishi rejalashtirilgani Germaniyalik xaridorlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi. U yerda O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksportini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolash va Yevropa bozori talabini o‘rganish bo‘yicha keng imkoniyat yaratiladi. Vakolatxonaning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbek brendlarining Yevropa peshtoqlarida yetakchi o‘rinlarni egallashga ko‘maklashishdir.
Shu bilan birga kelishuvga binoan chet ellik xamkorlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va soha vakillariga muhandislik va strategik rejalashtirish, korporativ loyihalarni boshqarish, marketing kurslari bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.






