Geyts jamgʻarmasi OIVni davolash uchun $5 mln sarmoya kiritmoqda

Bill Geyts va uning sobiq rafiqasi Melinda Geytsning xayriya jamg‘armasi Fransiyaning Smart Immune biotexnologik startapiga 5 million dollar sarmoya kiritmoqda. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib, “Financial Times” xabar berdi.
Geyts jamg'armasi mablagʻlari OIV bilan kasallangan bemorga qisqa vaqt ichida immunitet tizimini to'liq tiklashga yordam beradigan Smart Immune texnologiyasining dastlabki sinovlarini o'tkazish uchun sarflanadi. Sinovda kimyoterapiyadan keyin immunitetni tiklashi kerak bo'lgan leykemiya bemorlari ishtirok etadi.
Startap tomonidan ishlab chiqilgan usul laboratoriyada ildiz hujayralarini yetilmagan T-hujayralariga aylantirish imkonini beradi. Tanaga kiritilgandan so'ng, deyarli 100 kun vaqt ichida rivojlanadi va hujayralar immunitet tizimining muhim qismiga aylanadi.
“Taqqoslaganda, suyak iligi transplantatsiyasini olgan bemorlarga immunitetni to'liq tiklash uchun kamida 18 oy kerak bo'ladi. Smart Immune usuli yordamida implantatsiya qilingan hujayralar tanada 10 yilgacha yashaydi, bugungi kundagi T-hujayralarining o'rtacha yashash muddati ikki haftadan olti haftagacha”, deyiladi xabarda.






