“Glass-expo-surxon” bo'ylab

"Bright Uzbekistan" jamoasining navbatdagi manzili “Glass-expo-surxon” MCHJ kompaniyasiga uyushtirildi. U yerda jamoa uchun mahsus media tur tashkil etilib, kompaniyaning texnologik imkoniyatlari, mahsulot turlari, eksport salohiyati namoyish etildi.

Ma'lumot uchun, ushbu tashkilot har xil turdagi shisha ulgurji savdosi bilan shug'ullanadi. Jumladan, shaffof, rangli, refrakter, mustahkamlangan va boshqalar. 2007 yildan boshlab, kompaniya fatset, chekkali, jingalak chet, burg'ulash teshik, Triplex va o'yma shisha kabi barcha turdagi shishalarni qayta ishlashni boshladi.

Kompaniya muvaffaqiyati sifatida jamoaning birlashganligi va mas'uliyat bilan ishga yondashishi e'tirof etiladi. Tashkilot zavodi 25000 kvadrat metr maydonni egakllagan bo'lib, shisha ishlab chiqarish va uni qayta ishlash uchun eng so'nggi texnologiyalar bilan jihozlangan.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama foydali hamkorlik masalalari muhokama etildi. Qiziqarli va ma'lumotlarga boy o'tgan media tur, jamoa vakillarida iliq taasurotlar qoldirdi.