Global chip taqchilligi: Toyota foydasida pasayish

Yaponiya avtomobil sanoati giganti Toyota 2021-yilning so‘nggi uch oyida foydada 21% pasayishni qayd etdi. Bunga asosiy sabab qilib global chip tanqisligi ko’rsatilmoqda.
Kompaniya uchinchi chorakdagi operatsion foyda 784,4 milliard iyenni (5 mlrd funt sterling yoki 6,8 mlrd dollar) tashkil etganini qayd etib o’tdi.
Dunyo bo’ylab sotuvda yetakchi avtomobil kompaniyasi shuningdek, yillik ishlab chiqarish rejasini 500 000 ta avtomobilga qisqartirib, 8,5 millionga tushirdi.
Bu butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari uchun yetarlicha mikroprotsessorlar topishga qiynalayotgan bir paytda yuzaga kelmoqda.
"O'tgan yozdan beri ishlab chiqarish hajmining ketma-ket qisqarishi tufayli mijozlarimizga yetkazilgan noqulayliklar uchun chin dildan uzr so'raymiz. Biz imkon qadar tezroq ishlab chiqarishni to'liq tiklashga harakat qilmoqdamiz", - deyiladi Toyota bayonotida.
Sentabr oyida Toyota chip tanqisligi sababli butun dunyo bo'ylab avtomobil ishlab chiqarishni 40 foizga qisqartirdi.
Volkswagen, General Motors, Ford, Nissan, Daimler, BMW va Renault kabi raqobatdosh avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham so'nggi oylarda avtomobil ishlab chiqarishni qisqartirishganiga guvoh bo’lishimiz mumkin.






