Global keyslar, biznes va taʼlimdagi raqamli transformatsiyaning muhim jihatlari

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi koʼmagida, bugun, 22-fevral kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Davlat hokimiyati organlari, biznes va taʼlimda raqamli transformatsiya” mavzusida xalqaro konferensiya boʼlib oʼtmoqda.
Mazkur konferensiya yuqori boʼgʼin rahbarlari, jumladan, kompaniya va tashkilotlar TOP-menejerlari, IT-departamentlar rahbarlari va madaniy obyektlarning vakillari uchun moʼljallangan boʼlib, audiovizual loyihalar va axborot texnologiyalari sohasida yechimlarni ishlab chiqish boʼyicha tajriba va fikr almashish uchun maydon hisoblanadi.
Konferentsiya davomida Polymedia kompaniyasi, Xalqaro yangi taʼlim texnologiyalari instituti, Rossiya Federatsiyasi hukumatining muvofiqlashtiruvchi markazi ekspertlari va boshqalar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, tadbirda MDH mamlakatlari va Oʼzbekistondagi loyihalar, xalqaro tajriba, global keyslar, biznes va taʼlimdagi raqamli transformatsiyaning muhim jihatlari, xususan, muzeylar va koʼrgazma markazlari boʼyicha kreativ yechimlar haqida ham taqdimotlar oʼtkazilmoqda.






