«Global Times» O‘zbekiston va Xitoy diplomatik munosabatlari haqida

“Qisqa tarixiy davr ichida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabat do‘stlik, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga asoslangan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda savdo, investitsiya, energetika, transport, kommunikatsiya, madaniy-gumanitar almashinuv, turizm kabi ko‘plab sohalarda jadal, ko‘p qirrali hamkorlik kuzatilmoqda” deya yozadi Global Times.

Xitoyning yirik nashrlaridan biri - «Global Times» gazetasining maxsus sahifasida O‘zbekiston va Xitoy diplomatik munosabatining 30 yilligi, respublikamizning zamonaviy taraqqiyoti va ikki davlat aloqalari xususida so‘z boradi.

Shuningdek, nashr 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Xitoy - Markaziy Osiyo” sammitida ilgari surilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi va SHHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ustuvor yo’nalishlar haqida ham to’xtalgan.

Maqolada ta’lim sohasidagi hamkorlik samarasi alohida qayd etilgan: “Minglab o'zbek talabalar Xitoyning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida eng ommabop mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olmoqda. O‘zbekistonlik yoshlarning xitoy tilini o‘rganishga qiziqishi yildan yilga ortib bormoqda”, deya ta’kidlagan.

PS: XXRning yetakchi nashrlaridan biri “Global Times” (“Xuansyu shibao”) xalqaro voqealarni yoritishga ixtisoslashgan.