«Golden boy» sovrini uchun da'vogar futbolchilarning yakuniy o'nligi e'lon qilindi

Italiyaning “Tuttosport” nashri Golden Boy-2022 sovrini uchun daʼvogarlarning qisqartirilgan roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisiga topshiriladigan sovrin uchun Karim Adeyemi, Jud Bellingem (ikkalasi – “Borussiya” Dortmund), Eduardo Kamavinga (“Real Madrid”), Pedri, Ansu Fati, Gavi (uchalasi – “Barselona”), Karni Chukvuemeka (“Chelsi”), Xarvi Elliott (“Liverpul”), Yugo Ekitik, Nuno Mendesh (ikkalasi – PSJ), Entoni Elanga (“Manchester Yunayted”), Rayan Gravenberx, Jamal Musiala (ikkalasi – “Bavariya”) singari nomzodlar daʼvogarlik qilmoqda.
Maʼlumot uchun, Golden Boy sovriniga 21 yoshdan oshmagan oʻyinchilar daʼvogarlik qiladi. Oʻtgan mavsum ushbu sovrin “Barselona” yarimhimoyachisi Pedriga nasib qilgan edi.
P.S. Mukofot joriy yilning 17-oktabrida o'z egasiga topshiriladi.






