Gondurasning ilk ayol Prezidenti

Siomara Kastro Gondurasning birinchi ayol prezidentiga aylandi.

62 yoshli ayol qasamyod qilish marosimida "barbod bo'gan" mamlakatni boshqarayotganini aytdi. Lekin, shu bilan birga, ijtimoiy adolat va shaffoflikka intilishga va'da berdi.

So'l yetakchisi kuchli giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoiy guruhlarga qarshi kurashishni va abortga oid qat'iy qonunlarni liberallashtirishini ta’kidab o’tdi.

Uning turmush o‘rtog‘i Manuel Zelaya mamlakatni 2006 - yildan 2009 - yilgacha boshqargan bo’lib u davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan.

Zelaya hokimiyatdan ayrilganidan so‘ng, Siomara o‘tgan yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan saylovdagi g‘alabasidan oldin ikki marta saylovda qatnashgan.