Google Afrikani tezkor internet bilan ta'minlash uchun $5 mrld sarmoya kiritadi

Google 1 yil ichida Afrikaga $5 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Mablag‘ mintaqada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tezkor internet tizimini yaratishga yo‘naltiriladi.
Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, internetning sekinligi qit'aning asosiy muammolaridan biri. Hozirgi kunda 1,3 mrld aholining 1/3 keng polosali internetga ulangan.
"Ushbu sarmoyalar qit'aning raqamli transformatsiyasini to‘rtta asosiy sohaga yo‘naltiriladi. Birinchi navbatda, har bir afrikalik foydalanuvchi uchun to‘siqsiz kirish va o‘z mahsulotini yaratish imkonini beradi. Ikkinchidan, korxonalarga raqamli transformatsiyaga yordam berish. Uchinchidan, keyingi avlod texnologiyalarini rag‘batlantirish uchun tadbirkorlikka investitsiyalar. Va to‘rtinchidan, Afrikadagi hayotni yaxshilash uchun xizmat qilayotgan notijorat tashkilotlarni qo‘llab - quvvatlash", dedi Google Inc. Bosh direktori Sundar Pichai.
Afrika aholisining yarmi yoshlardan iborat. Qit'a bu borada istiqbolli bozor hisoblanadi.
Investitsiyalar, birinchi navbatda, infratuzilmani rivojlantirishga hamda Janubiy Afrika, Namibiya, Nigeriya va Sankt-Helena orolini Yevropa bilan bog‘laydigan Equiano dengiz osti kabellarini o‘rnatishga yo‘naltiriladi.






