Google Android ilovalarini yanada shaxsiylashtiradi

Google kompaniyasining Chrome brauzerida maʼlumotlarni kuzatishni cheklash rejasi Android operatsion tizimiga asoslangan smartfonlaridagi ilovalarni qamrab olish uchun kengaytirildi.

Uning “Privacy Sandbox” deb nomlangan loyihasi reklama beruvchilar to'plashi mumkin bo'lgan foydalanuvchi ma'lumotlari miqdorini cheklashga qaratilgan.

Raqobatchi hisoblangan Apple endi ilova yaratuvchilarini foydalanuvchilarni kuzatishdan oldin ruxsat so‘rashga majbur qilmoqda.

Ushbu o’zgarish Meta kabi kompaniyalar uchun katta zarba bo'ladi.

Meta shu oyda Apple kompaniyasining o'zgarishlari joriy yilda 10 milliard dollarga (7,3 milliard funt sterling) tushishini ta’kidlab o’tdi. Google kompaniyasining Android operatsion tizimidan butun dunyodagi smartfon egalarining qariyb 85 foizi foydalanadi.

Uchinchi tomon cookie fayllari 2023-yilga kelib Google Chrome brauzerida bosqichma-bosqich oʻchirib tashlanadi.