Google asoschilaridan biri 127 mln dollarlik aksiyalarini xayriya qildi

Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytidagi materiallarga ko‘ra, Googlening bosh kompaniyasi Alphabet hammuassisi va eng yirik aksiyadori Sergey Brin kompaniyaning 127 million dollarlik 1,07 million aksiyasini xayriya qilgani maʼlum bo‘ldi.

Aksiyalarning kimga o‘tkazilgani esa sirligicha qolmoqda. Milliarder ularni ikkita xayriya jamg‘armasiga — Sergey Brin Family Foundation va Michael J.Fox Foundationga hadya qilgan deya xabar bermoqda Forbes.

P.S. Brin Google kompaniyasining 739 million aksiyasiga egalik qiladi. U odatda yiliga bir yoki ikki marotaba xayriya uchun mablag’ ajratadi. Shuningdek, qayd etilishicha Sergey Brinning boyligi 96,6 mlrd dollarga teng.