«Google» asoschilaridan biri xayriyachilar uchun nodavlat tashkilot yaratdi

Amerikaning “Google” internet-giganti asoschisilaridan biri Sergey Brin o'zining “Tesla” aksiyalarini 366 million dollarga sotib, tushgan mablag'ni yangi “Catalyst4” notijorat tashkilotiga sarmoya qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

“Catalyst4” tashkiloti sog'liqni saqlash va iqlim o'zgarishiga yo'naltirilgan yarim milliard dollarlik loyiha hisoblanadi va hozircha moliya manbasinig asosiy qismi sotilgan “Tesla” aksiyalari hisobidan bo'lib turibdi.

Mazkur yangi tashkilot Brin uchun kuchli xayriya strategiyasidir. Milliarder xayriyachilarga maxfiylik va siyosiy taʼsir darajasi bilan bir qatorda soliq imtiyozlarini ham beradi.

“Tesla” aksiyalari “Catalyst4” tomonidan 2021-yil 14-dekabrdan boshlab to‘rt kun davomida 366 million dollarga sotilgan. Bu Brinning xotini Ilon Mask bilan xiyonati sabab o'rtada kelishmovchilik yuzaga kelgan paytga to'g'ri kelgan.