Google endi shifokorlarning yozuvini ham oʻqiy oladi

Hindistonda bo’lib o’tgan dasturchilar konferensiyasida ma’lum qilinishicha, endi Google shifokorlarning husnixatini ham tarjima qilishi mumkin.

“Hozirda tadqiqot prototipi bo‘lgan va omma uchun tayyor bo‘lmagan funksiya foydalanuvchilarga retseptni suratga olish yoki foto galereyadan yuklash imkonini beradi. Rasmga ishlov berilgandan so'ng, ilova eslatmada ko'rsatilgan dori-darmonlarni aniqlaydi” deya ta’kidlagan Google rahbari.