Google qidiruv tizimiga o'rnatilgan Bard chatbot ishlay boshladi

Google o'zining rasmiy blogida kompaniyaning qidiruv tizimiga o'rnatilgan Bard aqlli chatboti ishga tushgani haqida xabar berdi.
Dastlab Bard cheklangan miqdordagi mamlakatlardan foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Qo'llab-quvvatlanadigan tillar to'plami ham cheklanadi. Birinchi to'lqin mintaqalari ro'yxatiga faqat AQSh va Buyuk Britaniya, yagona til etib ingliz tili kiritilgan.
Google vaqt o'tishi bilan mamlakatlar va qo'llab-quvvatlanadigan tillar sonini kengaytirishni va'da qildi.
Boshqa narsalar qatorida, Google o'z e'lonida Bard klassik ma'lumot qidirish instrumentining o'rnini bosuvchi emas, balki unga qo'shimcha ekanligini ta'kidladi.
"Siz Bard-dan unumdorlikni oshirish, fikrlashni tezlashtirish va qiziqishni kuchaytirish uchun foydalanishingiz mumkin. Siz Barddan bir yillik maqsadingizga erishish, kvant fizikasini oddiy so'zlar bilan tushuntirish yoki yangi blog postining rejasini tuzish bo'yicha maslahatlar so'rashingiz mumkin", – deyiladi Google postida.






