«Google» va «Digital Generation Uzbekistan» NNT hamkorligidagi «Raqamli avlod IT haftaligi»

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Google” kompaniyasi hamda “Digital Generation Uzbekistan” NNT hamkorligida joriy yilning 21-26-noyabr kunlari IT sohasiga qiziqish bildirgan yoshlar uchun “Raqamli avlod IT haftaligi” tadbiri tashkil etiladi.

Mazkur haftalik doirasida Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Cyber Sport yoʼnalishlari boʼyicha musobaqalar va GDG Google Dev fest tadbiri tashkil etiladi.

Tadbirga oʼz sohasining yetakchisi boʼlgan xorijiy mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Jumladan:

Baris Yesugey - - Google Developer Ecosystem & Google for Startups (Turkiya va Oʼrta Osiyo) rahbari;
Peter Vesterbacka - "Angry Birds" asoschisi;
Igor Dubanos - Belarusь davlatining iTechArt dasturchisi;
JeongMin Kwon - Google developer eksperti;
Dharmesh Vaya - Google developer eksperti;
Sayak Paul - Google developer eksperti;
Nirav Kothari - Google developer eksperti.
Shu bilan birga mazkur tadbirda 20 ga yaqin IT sohasidagi spikerlar ham qatnashishi koʼzda tutilgan.