Google yangi teri rangi shkalasini joriy etmoqda

Google o'zining sun'iy intellekt tizimlarini (AI) yaxshilash maqsadida teri ranglarining yanada xilma-xil shkalasini taqdim etdi.

Garvard universiteti professori doktor Ellis Monk nomi bilan atalgan yangi “Monk Skin Tone Scale” o’z ichiga 10 ta teri rangini oladi.

Googlening ta'kidlashicha, ushbu yangilanish och rangli teri doirasida kelib chiqadigan muammolarga bartataf beradi.

Bu esa o’z navbatida qidiruv va fotosuratlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xo’sh, teri shkalasi o’zi nima?

Teri shkalasi ko'plab texnologiyalar, jumladan, telefon qulfini ochish uchun yuzni taniydigan kameralar yoki fotosuratlar avtomatik ravishda tasniflanganda qo'llaniladi.

Eng mashhur teri shkalalaridan biri Fitspatrik shkalasidir.

Fitspatrik shkalasi dastlab 1975-yilda ishlab chiqilgan. Undan asosiy maqsad turli teri xillarining ultrabinafsha nurlarga bo'lgan munosabatini o’rganish edi. U inson terisini olti xil rangga bo'lgan.