Googledan yangi "body language" texnologiyalari

Kompaniyaning ATAP tadqiqot guruhi insonning “tana tilini” (body language) maxsus radarlar orqali o’qiy oladigan texnologiya ustida ish olib borishmoqda.
Kompyuterlar inson harakatlariga javob berishda, masalan, uxlab qolganingizni sezsa, televizorni o‘chirishda va hokazo vaziyatlarda qo’l keladigan so’nggi texnika yangiliklari ustida ishlashmoqda.
Bu yangiliklarda oddiy sensor emas balki Soli sensori qo'llanilmoqda. Bu esa kompyuterlarga bizning kundalik harakatlarimizni tanib olish va ularga javob berish uchun tanlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
“O’ylashimcha, texnologiya hayotimizda tobora ko‘payib borar ekan, uning imkoniyatlari sifati va darajasi ham yuqori darajada bo’lishi kerak,” deydi Leonardo Giusti, ATAP dizayn bo‘limi rahbari. Onangiz eshikdan chiqishingizdan oldin soyabon olishni eslatgani kabi sizning termostatingiz ham xuddi shu ishni bajarishi mumkin bo’ladi. Yoki, televizoringiz uxlab qolganingizni sezsa, o’z-o’zidan ovozini pasaytirishi mumkin.
Radar kompyuterga yaqinlashayotganingizni va uning shaxsiy maydoniga kirganingizni payqay oladi. Bu shuni anglatadiki, kompyuterlar keyinchalik tugmani bosmasingizdan avval ekranni yoqish kabi muayyan amallarni bajarishni avtomatik ravishda bajarishi mumkin bo’ladi.
Google Nest aqlli displeylarida bunday o'zaro ta'sir funksiyasi allaqachon mavjud, ammo Google radar o'rniga odamning qurilma bilan masofasini o'lchash uchun ultratovushli tovush to'lqinlaridan foydalanadi. Nest Hub yaqinlashayotganingizni sezsa, joriy eslatmalar, taqvim eslatmalari yoki boshqa muhim bildirishnomalarni ajratib ko‘rsatadi.






