Grin-karta uchun arizalar qabuli 6-oktyabrdan boshlanadi

6-oktyabr, chorshanba kuni Vashington vaqti bilan soat 12:00, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Xilma-xillik viza dasturi (DV-2023) uchun ariza qabul qilish boshlanadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.
Arizalar dvprogram.state.gov sayti orqali, 9-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00gacha qabul qilinadi. Eslatib o‘tamiz, ariza berish bepul.
Ma'lumot uchun, dastur orqali dunyo bo'ylab 55 ming kishiga AQShda yashash vizasi beriladi. Natijalar 2022-yil 8-mayda e'lon qilinadi.






