GSP+ natijasi: O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksport qilish hajmi 86 foizga oshdi

2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston maxsus GSP+ preferensiyalar tizimiga qo‘shilgan edi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, buning natijasida O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksport qilish hajmi 86 foizga oshdi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tovar aylanmasi esa 22 foizga o‘sgani qayd etildi. Eng katta o‘sish ko‘rsatgan tovar toifalari orasida kimyo sanoati mahsulotlari (6 marta), to‘qimachilik (90 foiz) va oziq-ovqat mahsulotlari (65 foiz) bor.
GSP+ tizimi O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqiga bojxona bojlarisiz 3000 ta va kamaytirilgan stavkalar bo‘yicha 3200 ta tovarni eksport qilish imkoniyatini yaratgan edi.
GSP+ ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston standart GSP+ sxemasidan ko‘ra ko‘proq qo‘shimcha iqtisodiy manfaatlarni oladi, ya’ni standart GSP+ liniyasining 2/3 qismi mahsulotlar lineykasi bo‘yicha tariflar bekor qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, GSP+ sxemasidan bugungi kunda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg‘iziston ham benefitsiar hisoblanadi.
GSP+ sxemasi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Masalan, mamlakat inson huquqlari, ekologiya, mehnat huquqlari, samarali boshqaruvga oid 27 ta Xalqaro konvensiyalarni samarali bajarish majburiyatini oladi.






