Gul eksportchilari rag’batlantiriladi

Yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollaridan ko'pni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xom ashyo importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.
2023-yil 1-yanvargacha tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetasiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o'simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi.






