Guliston va Qoʻqon oʻrtasida avtobus qatnovi yo’lga qo’yiladi

O‘zbekiston Guliston va Qo‘qon o‘rtasida Tojikiston orqali avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Avtobuslar “Xovosobod” va “Andarxon” chegara bojxona postlari orqali o‘tadi. Qatnovlar har ikki yo'nalishda kuniga bir marotaba amalga oshiriladi.

P.S. Bugundan Toshkent va Nijniy Novgorod oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.