G’ururi ko’kdan baland o’zbek o’g’loni!

Hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulugʼ va sharafli ishga bagʼishlagan mamlakatimiz posbonlari, qadrli Vatanimiz himoyachilari “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi sizlarni 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan qutlaydi!
Vatanimizga bo’lgan sadoqatingiz, shijoatingiz, fidoyi harbiy xizmatingiz uchun cheksiz minnatdorlik bildirib, sizlarga mustahkam sogʼlik, oilaviy baxt, tinchlik va osoyishtalik tilaymiz. Milliy armiyamiz safidagi faoliyatingizda ulkan marralar va zafarlar sizga yor bo’lsin!






