Habib Nurmagomedov vaqtini oilasiga bagʼishlamoqchi!

Yengil vazn toifasida sobiq Ultimate Fighting Championship (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov aralash jang sanʼatidagi (MMА) faoliyatini yakunladi.
“Bu uning murabbiylik karyerasiga va MMА bilan bogʼliq barcha narsalarga tegishli. Bunga sabab – Habib vaqtini oilasiga bagʼishlamoqchi”, deyilgan xabarda.
Nurmagomedov 2020-yil oktabr oyida Jastin Getji bilan jangdan soʼng professional darajadagi chiqishlarini yakunlagan edi. Sportchi professional darajada 29 ta jang oʼtkazgan va magʼlubiyatga uchramagan.






