Ham mazali - ham foydali

Bright Uzbekistan loyihasining ustuvor vazifalaridan biri - bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarni chet mamlakatlarida targ'ib qilish. Shu maqsadda, loyiha asoschisi Davron Abdullaev 15 xildan ortiq vitamin-shirinliklar ishlab chiqaruvchi “Soft Vitamin Business” rahbari Davron Tillaev bilan uchrashuv o'tkazdi.
“Soft Vitamin Business” korxonasi pokiza mahsulotlar ishlab chiqaradi hamda “Halal” standartiga ega. Korxona bir nech yildan beri O’zbekiston bozorida faoliyat olib boradi. Korxona rahbari, tadbirkor Davron Tillaev yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga, bolalar va kattalarga mo’ljallangan vitamin-shirinliklarni xalqimizga taqdim etib kelmoqda.
Uchrashuv davomida, Bright Uzbekistan loyihasi tafsiloti va rejalari haqida ma'lumot berib o'tildi. Qolaversa, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.






