Hamkorlik bilan mustahkamlangan do'stlik rishtalari

Bright Uzbekistan loyihasining muvaffaqiyati ortida juda ko'p mehnat, ishonch va albatta yaqinlarning qo'llab quvvatlashi turgani sir emas. Shunday loyihamiz hamkorlaridan, do'stlaridan biri AhadMix Group kompaniyasi asoschisi Ahad Abdullaevdir.

Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev hurmatli mehmon bilan suxbatlashar ekan, unga loyihaning birinchi sonidan katta ishonch bildirib, qo'llab quvvatlagani va katta yutuqlarga erishishiga ishonch bildirganini uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikkinchi son doirasidagi hamkorlik masalasida kelishuvlar o'tkazdilar. Tez kunda yakuniy natijalar haqida sizga xabar beramiz.