Hamkorlikning yangi bosqichi

“Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev va “MKA Holding” asoschilari Kamoliddin Babayev hamda Аbduxamid Аbduvaxobovlar o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Barchaga taniqli boʼlgan, Markaziy Osiyoda yagona Oltin zarrachali - “Turkestan Su” shifobaxsh damlamasi, tabiiy, halol - “Аlhadaya” qora sedana yogʼi va kundalik isteʼmol uchun turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “MKА Holding” asoschilari hamda “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasining asoschisi o’rtasida hamkorlikning yangi va o’zgacha bosqichini shakillantirish, Vatan ravnaqi uchun birgalikda mehnat qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat davomida avvalo, mustahkam va davomiy hamkorlik rishtalarining boshlang’ich bosqichi, Oʼzbekistonning eksport salohiyati, importga boʼlgan talabi hamda investitsiya imkoniyatlarini dunyo bozoriga olib chiqish, xalqaro-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va Yangi Oʼzbekistonning imiji uchun munosib hissa qoʼshish maqsadida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyihalar va rejalar haqida fikr yuritildi.

Tomonlarning xulosalariga ko’ra, yaqin kunlarda kompaniyalar o’rtasida ikki tomonlama “Hamkorlik Memorandumi” imzolanishi rejalashtirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!