Hamkorlikning yangi qadamlari - yangi yutuqlar sari

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi lavozimida vakolat muddati yakunlangan Bag'dod Amreyev Samarqandda o'tkazilgan sammitda Turkiy investitsiya jamg'armasi prezidenti etib tayinlandi.
Bright Uzbekistan jamoasi Bagʻdod Kultayevich Amreyevni yangi lavozimi bilan qutlab, faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Eslatib o'tamiz joriy yilning 27-sentabr kuni Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi hamda Turkiy Davlatlar Tashkiloti o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolagan edi.
Qayd etish joziki, imzolangan memorandum Turkiy dunyo qadriyatlarini targ‘ib qilish va ommalashtirishga hissa qo‘shish, jamoatchilik hamda boshqa manfaatdor tomonlarning turkiy dunyo bilan bog'liq faoliyat va voqealar haqidagi axborot resurslaridan foydalanishini ta'minlash, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hududlaridagi tadbirlarni birgalikda yoritishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Kelgusida Bag'dod Amreyev rahbarlik qilayotgan Turkiy investitsiya jamg'armasi bilan ham samarali hamkorlik aloqlari o'rnatilishiga tilakdoshmiz.
Мa'lumot uchun, Bright Uzbekistan loyihasi 2020 yildan buyon TDTning barcha tadbirlari va yangiliklarini O'zbekistonda targ'ib qilib kelmoqda. Ushbu tashkilot faoliyati, yutuqlari va rejalari haqida muntazam ma'lumotlar berib kelgan.






