Har 1000 kishiga oʼrtacha 87 ta yengil avtomobil toʼgʼri kelmoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, Oʼzbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga oʼrtacha 87 ta yengil avtomobil toʼgʼri kelmoqda.
Bu koʼrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.
2022-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida har 1000 nafar doimiy aholiga oʼrtacha toʼgʼri keladigan yengil avtomobillar soni:
Rossiya – 328 ta;
Belarus R. – 324 ta;
Qozogʼiston – 189 ta;
Qirgʼiz R. – 161 ta;
Ozarbayjon – 128 ta;
Oʼzbekiston – 87 ta;
Tojikiston – 46 ta.






