Har 1000 nafar doimiy aholiga oʼrtacha 95 ta yengil avtomobil toʼgʼri kelgan

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʼra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan yengil avtomobillar soni 3,4 milliontani tashkil etgan. Jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan yengil avtomobillar har 1000 nafar doimiy aholiga oʼrtacha 95 ta toʼgʼri kelgan.