Har bir viloyatdagi bittadan tuman innovatsion hududga aylantiriladi – innovatsion rivojlanish vaziri

Innovatsion rivojlanish vazirining soʼzlariga koʼra, bugungi kunda respublikada «Аqlli shahar» dasturini bajarish muhim vazifalardan biri sanaladi.

Har bir viloyatdagi bittadan tumanni innovatsion hududga aylantirish boʼyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Ibrohim Аbdurahmonovning soʼzlariga koʼra, bugungi kunda respublikada xorijiy davlatlarning muvaffaqiyatli amaliyotiga asoslangan «Аqlli shahar» dasturini bajarish, milliy infrastrukturani rivojlantirish, xalqaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish, uning loyihasini amalga oshirish sohasida katta tajribaga ega boʼlgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda shaharning muhandislik, uy-joy, ijtimoiy va innovatsion infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi.

«Аqlli shahar» Olmazor tumanidan boshlanadi. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, yangi qurilmalar, materiallar va texnologiyalarni Olmazor tumanida joriy etish, oʼzaro manfaatdor yoʼnalishlarda hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamin yaratish hamda tumanning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish ishlari boshlab yuborilgan», - ta'kidladi Аbdurahmonov.