Hasan Mamasaidov Bright Uzbekistan loyihasini yuqori salohiyatga egaligini ta'kidladi

Navbatdagi loyihamiz qahramoni, Dekos hamda MFaktor loyihalarining asoschisi, ustoz Hasan Mamasaidovga ham Bright Uzbekistan jurnali taqdim etildi.
Bright Uzbekistan loyihasining ilk mehmonlaridan biri hamda eng qiziqarlik suhbatlardan biri albatta Hasan Mamasaidov bilan bo'lganligini e'tirof etmay ilojimiz yo'q. Suhbat jarayonida ustoz oilaviy biznesni rivojlantirish sirlari haqida so'z olib borganlar. Intervyuning video ko'rinishini Youtube sahifamizda ham tomosha qilishingiz mumkin.
Qolaversa, tez orada MFaktorning kelgusi sonlarining birida Bright Uzbekistan jurnalining birinchi soni taqdimoti hamda loyiha asoschisi Davron Abdullaev bilan muvaffaqiyatga erishish omillari borasida suhbat bo'lib o'tadi.






